Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 321 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

▪️Bosqinchilar Dayr al-Balah, Nuseyrat va Jabaliya lagerlariga, Xon Yunis va Bayt Lahiyaga hujum qildi. 24 soat ichida 43 kishi shahid boʻldi, ularning aksariyati bolalar.

▪️Gʻarbiy Sohilda ishgʻolchilar Nablus, Xalil, Tulkarm va Qalkilyoga bostirib kirdi. Tulkarmda qarshilik jangchilari bosqinchilarning mashinasini portlatib yuborishdi.

▪️Al-Qassam brigadalari Xon-Yunisdagi ishgʻolchilar, Tel al-Hava hududidagi texnikalar boʻlgan tunnelni portlatib yubordi.

▪️Bir kunda Hizbulloh Isroilga 180 ta raketa uchirdi. 

▪️Yaman qirgʻoqlarida Gretsiya neft tankeri hujumga uchradi. Kema yonmoqda.

▪️Bosqinchilar Livanning 10 ta hududiga hujum qildi.

▪️Amerikaning USS Abraam Lincoln samolyot tashuvchi kemasi Yaqin Sharqqa keldi. Avianosets F35C F/A-18 Block III samolyotlari bilan taʻʻminlangan.

▪️Bosqinchilar Gʻazodagi qoʻshinlarini shimolga oʻtkazmoqda.

 ▪️Natsistlar odamlarni Dayr al-Balah va Xon Yunis hududlaridan koʻchirish uchun yangi buyruq chiqardi. Ammo boshqa boradigan joy yoʻq. Bosqinchilar barcha hududlarni bombardimon qilmoqda.

Mavzuga aloqador