Bombalanayotgan Gʻazo: 318-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 318 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
▪️Bosqinchilar Nusayrat lageri, Xon Yunis va Gʻazo markaziga
hujum qildi. Urush boshlanganidan beri 40 099 kishi shahid boʻldi.
▪️Iordan daryosining gʻarbiy sohilida bosqinchilar Tulkarm va
Qalqilyani qamal qildi. Kirish va chiqish taqiqlangan. Falastinliklarning uylarida
tintuvlar olib borilmoqda. Nablusda qarshilik jangchilari bosqinchilar bilan
toʻqnashdilar.
▪️Al-Qassam brigadasi jangchilari ikki hujumda Nittsarim oʻqida fashistlar
otryadlarini yoʻq qilishdi.
▪️Ishgʻol matbuoti: Livandan Yuqori
Jalilaga uchirilgan dron urib tushirilmadi. U maqsadiga etdi, yaradorlar bor.
▪️Kolumbiya prezidenti Isroilga koʻmir eksportini taqiqlovchi
farmonni imzoladi: “Kolumbiya koʻmiridan falastinlik bolalarni oʻldirish uchun bomba
yasalmaydi”.
▪️Bosqinchilar Qalkiliyada universitet talabasi Dana
Xanatshexni hibsga olishdi. Dana 2023 yil kuzida ozodlikka chiqarilgan ayirboshlash
mahbusidir.
▪️HAMAS: Barcha mamlakatlarni fashistik tuzilma bilan
aloqalarni uzishga va uning rahbarlarini urush jinoyatchilari sifatida izolyatsiya
qilish, jazolash va jinoiy javobgarlikka tortishga chaqiramiz.
▪️Tel-Avivda
sinagoga yaqinida avtomobilʻ portlashi natijasida bir isroillik halok boʻldi. Ushbu
hodisa uchun javobgarlikni Al-Qassam va Quddus brigadalari rasman zimmalariga
olishdi.
▪️Britaniya
Tashqi ishlar vazirligi rasmiysi Mark Smit Britaniyaning Isroilga qurol sotishda
davom etayotganiga norozilik sifatida isteʻʻfoga chiqdi va hukumatning harakatlari
Gʻazo sektorida sodir etilgan harbiy jinoyatlarga sherik ekanligini aytdi.