Eron Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusi polkovnigi Husayn Ali Javidanfer Siston-Balujiston viloyatidagi Zohidan-Xash trassasida nomaʻʻlum shaxslar tomonidan qurolli hujum natijasida halok boʻldi.

Eron Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusi (IIQK) polkovnigi Husayn Ali Javidanfer mamlakat janubi-sharqida nomaʻʻlum shaxslar tomonidan uyushtirilgan qurolli hujumda halok boʻldi.

Eron davlat televideniesiga koʻra, polkovnik Husayn Ali Javidanfer mamlakat janubi-sharqidagi Siston-Balujiston viloyatidagi Zohidan-Xash trassasida nomaʻʻlum shaxslar tomonidan qurolli hujum natijasida halok boʻlgan.

Hujumchilarni aniqlash va qoʻlga olish uchun keng koʻlamli tergov boshlandi.

Eʻʻtiborlisi, qotillik Eronning Pokiston bilan chegaradagi xuddi shu mintaqada faoliyat yuritayotgan “Jaysh al-Adl” tashkiloti lagerlariga hujumlar uyushtirilganini eʻʻlon qilganidan keyin sodir boʻlgan.

Avvalroq IIQK tomonidan Pokistondagi Jaysh al-Adl lagerlariga raketa va dron hujumlari uyushtirilgani haqida xabar bergan edi. Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullahiyon Eronda 12 xavfsizlik xodimi halok boʻlgan voqea uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga olgan “Jaysh al-Adl”ni nishonga olinganini maʻʻlum qildi. Uning taʻʻkidlashicha, tashkilot aʻʻzolari eronliklar boʻlib, hujum qurbonlari orasida Pokiston fuqarolari yoʻq.

Avvalroq Pokiston Eronning Pokistonning Balujiston viloyatiga uyushtirgan hujumi munosabati bilan oʻz elchisini Tehrondan chaqirib olishga qaror qilgandi.

Bir kun avval Pokiston Tashqi ishlar vazirligi Eron tomonidan mamlakat havo hududining asossiz ravishda buzilishini keskin qoralagan edi. Hujum oqibatida ikki nafar bola halok boʻlgani, yana uch nafar qiz yaralangani maʻʻlum qilingan.

Pokiston suverenitetining bunday buzilishi qabul qilinishi mumkin emas va jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin, deya taʻʻkidladi Tashqi ishlar vazirligi.

Mavzuga aloqador