Yaponiyalik Ikuto Xongu, garchi oʻzi musulmon boʻlmasa ham, ijtimoiy tarmoqlardagi millionlab kuzatuvchilariga Islom dini haqida tanitish bilan shugʻullanib kelmoqda. Jumladan, yaponlarga “Maqsadim – dunyoga Islomni sevdirish”, – deydi u. Ikuto Xongu Oʻzbekistonga ham tashrif buyurgan, mamlakatimizning diqqatga sazovor joylari, oʻziga xosliklari haqida kuzatuvchilariga maʻʻlumot bergan.

Garchi oʻzi musulmon boʻlmasa ham, oʻz kuzatuvchilariga Islom haqida maʻʻlumot berib kelayotgan yaponiyalik Ikuto Xongu ismli kontent yaratuvchisining obunachilari 1 milliondan oshdi.

Malayziyada tahsil olgani uchun Islom diniga qiziqish paydo boʻlganini taʻʻkidlagan Xongu: "Aslida men Kobe shahrida tugʻilganman va u erda juda qadimiy tarixga ega masjid bor edi. Musulmon jamoati esa juda samimiy edi", – dedi.

“Hozir qilayotgan ishimdan maqsad Yaponiyaning musulmonlarni tushunishi va oʻz bagʻriga olishidan iborat, – dedi Xongu. – Chunki Malayziyada mening koʻplab musulmon doʻstlarim bor edi va ularning barchasi Yaponiyaga kelishganida halol taom topa olmaganidan shikoyat qilishardi"

Avvalroq Gʻazoga yordam kampaniyasi kabi faoliyatlar olib borgan Xongu madaniyatlar oʻrtasida koʻprik boʻlib xizmat qilishni xohlayotganini bildirdi.

Ikuto Xongu 2023 yilning noyabrʻ oyida Oʻzbekistonga ham tashrif buyurgan, mamlakatimizning diqqatga sazovor joylari, oʻziga xosliklari haqida kuzatuvchilariga maʻʻlumot bergan.

Mavzuga aloqador