Pokiston shimoli-gʻarbidagi harbiy baza va tibbiyot markaziga qurolli terrorchilik hujumi natijasida 28 kishi, jumladan, 10 nafar harbiy, ayol tibbiyot xodimlari va bolalar halok boʻldi. Pokiston ushbu hujumlarda Afgʻonistonni aybladi, oʻz navbatida, “Tolibon” hujumlarga aloqadorligini rad etdi.

Pokiston shimoli-gʻarbidagi harbiy baza va tibbiyot markaziga qurolli terrorchilik hujumi natijasida 28 kishi, jumladan, 10 nafar harbiy, ayol tibbiyot xodimlari va bolalar halok boʻldi, deya xabar bermoqda Devdiscourse. Xavfsizlik kuchlari bilan terroristlar oʻrtasidagi toʻqnashuv 26 soatdan ortiq davom etdi. Hujum qilgan 10 kishining barchasi oʻldirilgan.

Avval Bannudagi harbiy bazaga ham hujum qilindi. Portlovchi moddalar bilan toʻldirilgan mashinada boʻlgan terrorchi obʻʻektni oʻrab turgan devorga borib urilgan. Portlash yuz bergan. Sakkiz nafar harbiy xizmatchi voqea joyida halok boʻlgan. Devor qulaganidan soʻng boshqa terrorchilar bazaga kirib kelishgan, u erda harbiylar bilan navbatdagi otishma boshlangan. Tinch aholi oraisda qurbonlar boʻlishining oldi olingan. Chunki Britaniya mustamlakasi davridan saqlanib qolgan harbiy qism turar-joy binolari va fuqarolik obʻʻektlari bilan yaqindan oʻralgan.

Keyinroq Dera Ismoil Xondagi tibbiyot markaziga hujum uyushtirilib, u erda besh nafar tinch aholi, jumladan, ikki bola halok boʻlgan.

“Pokiston armiyasi Afgʻonistondan kelayotgan tahdidlarga qarshi barcha zarur choralarni koʻrmoqda”, dedi Pokiston Mudofaa vazirligi. Biroq «Tolibon» hujumlarga aloqadorligini rad etdi. Hozircha hech qaysi guruh hujumlar uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga olmadi.

Mavzuga aloqador