Oʻzbekiston prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov oxirgi sakkiz yil ichida Rossiyadagi oʻzbekistonlik mehnat muhojirlari soni kamida toʻrt baravar kamayganini maʻʻlum qildi. U bir necha million oʻzbek fuqarosining vatanga qaytishini Oʻzbekistondagi iqtisodiy islohotlar muvaffaqiyati bilan bogʻladi.



Oxirgi sakkiz yil ichida Rossiyadagi oʻzbekistonlik mehnat muhojirlari soni kamida toʻrt baravar kamay
Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Sevimli telekanaliga maʻʻlum qildi.

“2016 yilgacha Rossiyadagi mehnat muhojirlari soni oʻrtacha 4 milliondan 6 milliongacha boʻlgan boʻlsa, bugungi kunda ular 1 millionni tashkil etadi, bu maʻʻlumotni Oʻzbekiston va Rossiya prezidentlari ham aytib oʻtishdi, biroq koʻpchilik tahlilchilarimiz bunga eʻʻtibor berishgani yoʻq”, — dedi Asadov.

Asadovning taʻʻkidlashicha, ikki davlat migratsiya idoralari migrant soni boʻyicha 1 millionlik cheklovga kelishib olgan. U bir necha million oʻzbek fuqarosining vatanga qaytishini Oʻzbekistondagi iqtisodiy islohotlar muvaffaqiyati bilan bogʻladi.

Rossiya rasmiylariga koʻra, 2016 yilda RFda 2 millionga yaqin Oʻzbekiston fuqarolari boʻlgan.  2022 yilning kuzida yanvardan sentyabrgacha Oʻzbekistondan Rossiyaga ishlash uchun 4,46 milliondan ortiq kishi kelgani xabar qilingan edi. FSB hisobotiga koʻra, birgina 2023 yilning birinchi choragida 630 mingdan ortiq Oʻzbekiston fuqarosi Rossiyaga ishga joylashish maqsadida kirib kelgan.

2024 yilda migratsiya siyosatining keskinlashuvi va EOII davlatlaridan tashqaridagi migrantlarning ayrim hududlarda ishlashi taqiqlangani fonida Oʻzbekiston fuqarolarining oʻz vatanlariga ketishi boshlandi.

Mavzuga aloqador