Oʻzbekiston FVV

Surxondaryo viloyatining Boysun tumanidagi «Mustaqillikning 25 yilligi» konida oltingugurt (vodorod sulfid) gazi chiqishi kuzatildi. FVV kon yaqinidagi fuqarolar evakuatsiya qilingani, vaziyat toʻliq nazoratda ekaninimaʻʻlum qildi. Havoning ifloslanish darajasi oʻrganilmoqda, jabrlanganlar yoʻq.

1 sentyabrʻ kuni Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi konda oltingugurt gazi chiqishi kuzatildi, deb xabar berdi Oʻzbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

Qayd etilishicha, soat 15:17 da tumanning «Koʻlqamish» MFY hududida joylashgan «Mustaqillikning 25 yilligi» (M-25) koniga qarashli 604-sonli qudugʻida burgʻulash ishlari olib borilayotganida texnologik jarayonning buzilishi sababli oltingugurt (vodorod sulfid) gazi chiqishi kuzatilgan.

«Aholi xavfsizligini taʻʻminlash maqsadida kon yaqinida yashovchi fuqarolar xavfsiz hududga evakuatsiya qilingan», deyiladi xabarda.

Ijtimoiy tarmoqlarda paydo boʻlgan videolarda tungi vaqtda yuzlab odamlarning harakatlanayotganini koʻrish mumkin.

FVV fuqarolarning jarohat olish va halok boʻlish holatlari qayd etilmaganini qoʻshimcha qildi.

Surxondaryo viloyati hokimligining xabar berishicha, hududga viloyat rahbari Ulugʻbek Qosimov, aloqador mutasaddi tashkilot va idoralar hamda boshqarmalar masʻʻullari etib borgan.

«Favqulodda holat sodir boʻlgan hududda havoning ifloslanish darajasini oʻrganish, kelib chiqqan holatlarni bartaraf etish boʻyicha ishlar olib borilmoqda», — deyiladi xabarda

Mavzuga aloqador