Abu Ubayda (haqiqiy ismi nomaʻʻlum), HAMAS jangovar qanoti matbuot kotibi / Foto: Anadolu

 

Urush, bu – urush... Ismoil Haniyaning oʻlimi HAMASning yangi rahbari masalasini koʻtardi. Oldingi ikki etakchi, jumladan, asoschisi Shayx Ahmad Yasin vafot etdi, biri deyarli moʻʻʻjizaviy tarzda tirik qoldi. Harakatning istiqbollarini tushunish uchun nimalarni bilish kerak.

 

Shayx Ahmad Yasin

HAMASning ruhiy rahbari va asoschilaridan biri 1955 yilda Musulmon birodarlar safiga qoʻshilgan. Ushbu xalqaro tashkilotning Falastin boʻlimidan 1980-yillar oxiridagi Birinchi Intifada davrida Gʻazo sektorida Isroilga qarshi kurashayotgan Islomiy Qarshilik Harakati – HAMAS paydo boʻldi.

Yasin ilk bor Isroil hukumati tomonidan 1984 yilda hibsga olingan. U davlatga qarshi faoliyat va qurol saqlagani uchun 13 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Biroq bir yil oʻtgach, u "Jibril bitimi" deb atalgan kelishuv natijasida ozod qilindi.

1982 yilgi Livan urushida asirga olingan uch isroillik askar 1150 nafar qamoqqa olingan falastinliklarga almashtirildi.

1989 yilda koʻrish qobiliyatining yarmini yoʻqotgan shayx yana hibsga olindi. U Isroilga qarshi qoʻporuvchilik uchun umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan.

Uning ikkinchi ozodlik tarixi birinchisidan kam afsonaviy emas. 1997 yilda Isroil razvedka xizmatlari Iordaniyada HAMAS etakchilaridan biri va uning mamlakatdagi byurosi rahbari Xolid Mashʻʻalni yoʻq qilish boʻyicha maxfiy operatsiyani boshladi. Gʻoya barbod boʻldi va agentlar hibsga olindi.

Mojaroni hal qilish uchun isroilliklar Yasinni ozod qilishga majbur boʻlishdi. Shayx Iordaniyaga deportatsiya qilindi va u erdan Falastin maʻʻmuriyati hududiga joʻnadi - u oʻzi tugʻilgan va koʻp yillarini oʻtkazgan Gʻazoga qaytib keldi.

 

Shayx Ahmad Yasin / Foto: Cool-Readers

Isroil 6 yildan keyin yana Yasinni oʻldirmoqchi boʻldi. 2003 yilning yozida HAMAS etakchilariga qarshi operatsiya oʻtkazildi. Biroq bu hujumda ham shayx tirik qoldi.

Yasin 2004 yilning 22 martida Gʻazo sektorida masjiddan nogironlar aravachasida chiqib ketayotganida oʻldirildi. Isroil vertolyotidan uchirilgan raketa natijasida. Operatsiyani shaxsan bosh vazir Ariel Sharon nazorat qilib, xavfsizlik kuchlarini muvaffaqiyat bilan tabrikladi. HAMAS etakchisi bilan uch kishi hujum qurboni boʻldi, oʻn kishi jarohat oldi.

 

Abd al-Aziz al-Rantisi

Shayxning HAMAS etakchisi sifatidagi vorisi Abd al-Aziz ar-Rantiy edi. Bundan oldin u harakatning siyosiy qanoti nufuzli aʻʻzosi (norasmiy ravishda, shuningdek, jangchi) edi. U qarshilik mafkurachisi hisoblangan, Ahmad Yasin unga jiddiy quloq solgan.

 

Abd al-Aziz al-Rantisi / Foto: AP

Uning hayotiga ilk suiqasd 2003 yilning 10 iyunida - HAMAS rahbari boʻlishidan oldin sodir boʻlgan. Uning mashinasiga Isroil vertolyoti hujum qildi, natijada qoʻriqchisi va 1 nafar yoʻlovchi halok boʻldi, biroq Rantining oʻzi tirik qoldi.

2004 yil 27 mart kuni Yasin vafotidan soʻng falastinliklarga murojaat qilgan siyosatchi Alloh falastinliklarga Isroilga qarshi kurashda yordam berayotganini, AQSh esa uni qoʻllab-quvvatlayotganini aytib, xalqni nima boʻlishidan qatʻʻi nazar, jihodga chaqirdi. “Biz hammamiz oʻlimga loyiqmiz. Birimiz yurak xurujidan, ikkinchisimiz isroillik apachi tomonidan otilgan raketadan”, — deya taʻʻkidladi u.

Rantisi 2004 yilning 17 aprelida Gʻazoda Isroil qurolli kuchlarining maxsus operatsiyasi chogʻida oʻldirildi - u HAMAS etakchisi lavozimida bir oy ham ishlamagandi.

Uning toʻngʻich oʻgʻli va qoʻriqchisi ham Isroil vertolyotining raketa zarbasi oqibatida halok boʻlgan. Ahmad Yasinning vorisi ogʻir yaralanib, shifoxonada vafot etgan.

Sharon Shayx Ahmad Yasin oʻldirilganidan keyin aytgan soʻzlarini takrorladi: “Terrorchilar etakchilarini yoʻq qilish davom etadi”.

Omon qolgan Xolid Mashal

Xolid Mashal 15 yoshida “Musulmon birodarlar”ga qoʻshilgan. 1996 yildan HAMAS Siyosiy byurosini boshqargan, biroq oʻshanda harakat etakchisi hisoblanmagan. Rantisining oʻldirilishidan keyin ahamiyati ortgan ushbu lavozimda Mashal 1995 yilda AQShga tashrifi chogʻida hibsga olingan (1997 yilda ozod qilingan va shu vaqtdan beri AQShdagi siyosiy qanoti rahbariyatining bir qismi boʻlgan) Muso Abu Marzuzning oʻrnini egalladi.

Xolid Mashal nomi butun dunyoga ilk bor uning hayotiga muvaffaqiyatsiz suiqasd qilinganidan va natijada Shayx Yasin ozod etilganidan keyin maʻʻlum boʻlgan. Operatsiya bosh vazir Benʻyamin Netanyaxu boshchiligidagi Isroil hukumati ruxsati bilan amalga oshirildi.

1997 yil 25 sentyabrda Mossad agentlari Amman koʻchalaridan birida Iordaniyadagi HAMAS boʻlimi rahbarining qulogʻiga zahar quyishdi, ammo siyosatchining tansoqchilari tomonidan qoʻlga olindi. Uni qutqarishda qirol Husayn ishtirok etdi. Uning iltimosiga koʻra, Isroil antidot berdi va 19 nafar falastinlik mahbusni, jumladan, harakatning ruhiy rahbarini ham qamoqdan ozod qildi. Buning evaziga soxta Kanada pasportlari yordamida Iordaniyaga kirgan qotillar jazodan ozod qilinib, oʻz vatanlariga qoʻyib yuborildi.

Ayni paytda, oradan ikki yil oʻtib, yangi qirol Abdulla II tomonidan mamlakatdagi HAMAS faoliyati taqiqlandi.

Rantisi oʻldirilganidan keyin Mashal harakat etakchilarining ismlarini oshkor qilmaslikni buyurdi. Isroil ularni yoʻq qilishga harakat qilishda davom etishi aniq edi.

Boshqacha aytganda, Tel-Aviv HAMASni yoʻq qilish uchun keng koʻlamli urush olib bormoqda. Ushbu strategiya haligacha toʻxtagani yoʻq. Tashkilotning har qanday aʻʻzosi, ayniqsa, rasmiy rahbari oʻzining jazoga tortilganini yaxshi tushunadi, shunga yarasha yashaydi va harakat qiladi.

Ular uchun oʻlim tahdidi vaqt va sharoit masalasidir. Urushda boʻlgani kabi ...

Ismoil Haniya

Ismoil Haniya HAMAS asoschilaridan biri sanaladi. U Shayx Yasinning shaxsiy kotibi boʻlib, barcha tashkiliy ishlarni amalga oshirgan. 2006-2007 yillarda Falastin milliy maʻʻmuriyati hukumatini boshqargan. Haniya parlament saylovlarida gʻalaba qozongan "Oʻzgarishlar va islohotlar" roʻyxatini shaxsan boshqargan.

2017 yilda HAMAS siyosiy byurosi rahbari lavozimini egallagan. Keyingi yili AQSh Davlat departamenti uni global terrorchi sifatida eʻʻlon qildi.

2003 yilda Haniya Isroil havo hujumida yaralangan. 2006 yil 20 oktyabrda ham suiqasddan omon qoldi. Oʻshanda uning korteji Gʻazo sektorida oʻqqa tutilgandi. Hodisada oʻsha paytlarda HAMAS bilan keskin qarama-qarshilikda boʻlgan Fath harakati jangarilari ayblangandi.

Siyosatchi ikki marta – 1980 va 1990 yillarda Isroil qamoqxonalarida jazo oʻtagan.

Uning oʻlimi tafsilotlari hozircha aniq emas, bu borada koʻplab mish-mishlar, taxminlar va fitna nazariyalari tarqalmoqda. U vafot etgan kuni, 2024 yilning 31 iyulida binoga raketa bilan hujum qilingani haqida ilk bor xabar berilgan edi. Keyinroq bu boshqariladigan bomba ekanligi haqida maʻʻlumot paydo boʻldi.

 

Ismoil Haniya / Surat: FairySoft

“Haniya Tehronda sionistlar tomonidan sodir etilgan portlashda halok boʻldi”, — deyiladi HAMAS bayonotida.

Siyosatchi WhatsApp xabari orqali sizdirilgan josuslik dasturi (masalan, mashhur va shov-shuvli Pegasus) yordamida kuzatilgan boʻlishi mumkin edi, deya taʻʻkidladi mashhur arab jurnalisti Elayja Manʻe.

Ayni paytda, The New York Times tomonidan olib borilgan surishtiruvlarga koʻra, HAMAS siyosiy byurosi rahbari oʻz xonasiga kelgani aniqlanishi bilanoq portlovchi qurilmaning portlashi oqibatida halok boʻlgan.

Bomba taxminan 2 oy oldin yashirincha oʻrnatilgan. Mehmonxonaning oʻzi Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusi tomonidan boshqariladi va qoʻriqlanadi, Tehron shimolida eksklyuziv hududdagi Neshat nomi bilan mashhur boʻlgan katta majmuaning bir qismidir.

Shu yilning 10 aprelida Isroil harbiylari va razvedka xizmatlarining qoʻshma amaliyoti natijasida Gʻazo sektoriga uyushtirilgan zarbada ichida HAMAS etakchisining uch oʻgʻli va toʻrt nabirasi boʻlgan avtomobilʻ yoʻq qilindi. Ramazon hayiti bayramida esa Haniyaning yana bir nevarasi zarba natijasida jarohat olib, keyinchalik kasalxonada vafot etdi.

Yana Mashal?

OAVning yozishicha, HAMAS siyosiy byurosi rahbari lavozimiga soʻnggi yillarda xorijdagi harakat etakchilaridan biri boʻlib qolgan Xolid Mashal yana keladi. Aynan u Gʻazodagi garovga olinganlar va mahbuslar bilan kelishuv boʻyicha Isroil bilan bilvosita aloqada boʻlgan muzokarachilarni boshqargan.

Mashalning Eron bilan aloqalari uning Suriya rejimi rahbari Bashar al-Assadga qarshi qoʻzgʻolonni qoʻllab-quvvatlagani uchun taranglashgani taxmin qilinmoqda. 2012 yilning fevralida u Damashqni tark etib, Qatarga koʻchib oʻtdi. Ayni damda, mintaqa mutaxassislari, bu masala hozirda dolzarb emasligini taʻʻkidlamoqda.

HAMAS – Qarshilik gʻoyasi

Aslida, Siyosiy byuroga kim rahbar etib tayinlangani unchalik muhim emas. Ushbu lavozim, HAMASdagi barcha davlat lavozimlari kabi, vakillik (elchilik – tahr), xolos. Tashkilotni kim boshqarayotgani sir saqlanadi va aniq maʻʻlum emas (hech boʻlmaganda ochiq manbalardan). 2000-yillarning oʻrtalarida «Mashal» aynan shunday tartibni joriy qilgan edi.

Bir vaqtlar uning asoschilaridan biri Mahmud al-Zahar XAMASning haqiqiy rahbari hisoblangan. Uning toʻngʻich oʻgʻli 2003 yilda Isroil harbiy-havo kuchlarining siyosatchiga muvaffaqiyatsiz suiqasd uyushtirishi chogʻida, yana biri 2008 yil yanvarida Gʻazoda bosqinchilar bilan janglarda halok boʻlgan. Uning oʻzi bir necha bor Isroil qamoqxonasiga tashrif buyurgan.

Harakatga kengash rahbarlik qilishi mumkin. Bu erda HAMASning harbiy qanoti har doim katta avtonomiyaga ega boʻlganini hisobga olish kerak. Chet eldagi idoralari Isroil razvedka xizmatlari tomonidan aniqlanish xavfi tufayli Gʻazo maʻʻmuriyati bilan doimo yaqin aloqada boʻla olmaydi. Bu holat, ayniqsa, 2023 yil oktyabrʻ oyida sektorga keng miqyosli bosqin boshlanganidan keyin kuchaygan.

Bundan tashqari, HAMAS – birinchi navbatda, Isroil ishgʻoliga qarshilik koʻrsatish va uni Falastin xalqining ona yurtidan haydab chiqarish, eng quyi qatlamlardagi yuqori faollik hamda ogʻir sharoitlarda yashab qolishga boʻlgan intilish sharofati bilan har qanday zarbalardan soʻng qaytadan oyoqqa turishga dalda beruvchi gʻoyadir.

Bunday tartibda Falastin masalasi boʻyicha fundamental qarorlar qabul qilish va Falastin davlatini yaratish istiqbollari boʻlmagan taqdirda, tashkilot rahbariyatida koʻproq ramziy vazifalarni bajaradigan odamlarning oʻzgarishi biror narsani jiddiy oʻzgartirishi dargumon. Boshqalar darhol baʻʻzilarining oʻrnini egallashadi. Hatto harakatdagi Ahmad Yasin kabi xarizmatik va shubhasiz nufuzli shaxslarning oʻldirilishi ham Isroilga oʻta oʻng elektorat uchun baland ovozli xabarlardan boshqa hech narsa bermadi - HAMAS yillar davomida kuchayib bordi.

Manba: Yeni Şafak

Mavzuga aloqador