Rus millatiga mansub bir vatandoshimiz meni nima uchun rusafobligim haqida srabdi. Javobim oddiy, men hech qanday rusafob emasman!

 

Sovetafob ekanligimni tan olaman! Sovet davlati tariximiz, toʻgʻri, lekin tariximizning qora qoozlarida qolib ketishi, kelajagimizda boʻlmasligi kerak deb hisoblayman.

 

Rossiya katta va qudratli qoʻshnimiz. Rossiya bilan yaxshi qoʻshnichilik, umumiy manfaatlar va hamkorlikda rivojlanishdan manfaatdormiz, albatta. Ayrim masala va maqsadlarda bir xil oʻylamasligimiz ham tabiiy, ular boʻyicha kelishish, oʻrta nuqtalarni topish xalq vakolat bergan hukumatning mahoratiga bogʻliq.

 

Rossiya-Ukraina munosabatlari haqida…

 

Oʻzbekiston har qanday holatda ham oʻz manfaatini oʻylab toʻgʻri qilmoqda. Har qanday urush kelishuv bilan yakunlanadi. Aqlli boshqaruv urushgacha bormaydi.

 

Rus tili masalasida…

 

Rus tilini oʻrganish yoshlarimiz uchun ingliz, xitoy, arab va fors tillarini oʻrganish qatorida juda foydali ekanligini hech qachon rad etmaganman, bundan keyin ham rad etmayman.

 

Taklifim esa oddiy va tushunarli, bolalarga bolaligidan ona tili va davlat tilidan boshqa til oʻrgatilmasligi kerak. Boshqa millatli vatandoshlarimiz ona tilida qadriyatini oʻrgansin, davlat tilini esa vatani deb hisoblaydigan Oʻzbekistonda yaxshi yashashi uchun oʻrgansin, tamom.

 

Maktabni oʻrta sinflaridan boshlab istagan xorijiy tilini oʻrgansa, shaxsiy rivojlanishiga ham, mamlakat taraqqiyotiga ham faqat foyda boʻladi.

 

Rossiya Prezidentining Oʻzbekistonga tashrifi () davomida erishilgan kelishuvlar Oʻzbekiston manfaatlariga xizmat qilishiga shubham yoʻq.

 

Murakkab davrda, hech kimni qoshu qovogʻiga qaramasdan xalqimiz manfaatlariga uygʻun harakatlar Davlat rahbarining ichki va tashqi siyosatini qoʻllab-quvvatlashimizga eng muhim sabablaridan biri.

 

@alisherQodir

Mavzuga aloqador