-
Ozarbayjon soʻnggi vaqtlarda Armaniston bilan shartli chegaraning turli yoʻnalishlarida harbiylar, zirhli texnika, artilleriya qurilmalari va boshqa qurollar toʻplanayotganiga munosabat bildirdi.
-
Islom taraqqiyot banki 2024-2028 yillarda Oʻzbekistonning Samarqand, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida qishloqlar infratuzilmasini yaxshilashga 20 yil muddatga 260 mln dollarlik imtiyozli qarz ajratadi.
-
Qozogʻistonning turli viloyatlarida roʻy bergan suv toshqinlari sababli 12,7 mingdan ziyod kishi, jumladan, 5101 nafar bola evakuatsiya qilindi. Toshqinlar sababli Rossiya-Qozogʻiston chegarasidagi mahalliy va xalqaro ahamiyatga ega yoʻllar toʻsilib qoldi.
-
Quddusda Isroil va HAMAS oʻrtasidagi urush boshlanganidan beri eng yirik norozilik namoyishi boʻlib oʻtdi. 100 mingdan ziyod kishi qatnashgan namoyish tashkilotchilari hukumat isteʻʻfosini talab qilib, Gʻazo sektorida garovda boʻlgan 130 nafar isroillikni ozod qilishga olib keladigan kelishuvga rozi boʻlishga chaqirmoqda. Norozilik harakatlari vakillari bu hafta Quddus boʻylab toʻrt kunlik miting va tadbirlar oʻtkazishni rejalashtirmoqda.
-
Turkiyada 31 mart kuni boʻlib oʻtadigan mahalliy saylovlar uchun berilgan ovozlarni sanash yakuniga etmoqda. Norasmiy maʻʻlumotlarga koʻra, muxolifatdagi Respublika Xalq partiyasi (CHP) hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasidan (Ak Parti) biroz oldinda.
-
Yaqinlarimizdan biri, qoʻshnimiz, mahalladoshimiz, yurtdoshimiz va yoki bir notanish odam hozir och, chanqoq, yolgʻiz, bemor, qarovga muhtoj boʻlishi mumkin. Biz esa “Shu chogʻda ham kambagʻal, ehtiyojmand qoldimi?” deb hayratlanamiz. Dasturxon tuzaganimizda shirinu nordon, achchigʻu shoʻr, quyugʻu suyuq, foydaliyu zararli demay, isrofu uvolni oʻylamay eguliklarni toʻkib tashlaymiz. Iftorlik oʻtkazishda kimoʻzar musobaqalariga kirishganmiz. Unga qorni toʻqlarni chaqiramiz. Iftorlik, ehson kabi Alloh roziligi uchun qilinajak ishlardan qoʻlimiz qanchalik uzunligini koʻz-koʻzlash uchun foydalanamiz.
-
“Krokus” voqealaridan soʻng Rossiyada islomofobiya va tojiklarga qarshi nafrat hodisalari ortishi ortidan tojikistonliklar ommaviy ravishda Rossiyaga safarlarini bekor qilmoqda. Rossiya aviakompaniyalari yoʻlovchilar oqimi keskin kamaygani sababli Tojikistondan RFga parvozlar sonini qisqartirmoqda.
-
Senegalning yangi saylangan prezidenti Bassiru Diomaye Fey tarixiy murojaatida Frantsiya harbiy kuchlarini mamlakatni tark etishga chaqirdi. Prezident Fey Parij bilan oldingi barcha kelishuvlarni qayta koʻrib chiqish zarurligini taʻʻkidladi.
-
Janubiy Koreyaning Booyoung kompaniyasi oʻz xodimlariga oilasida tugʻilgan har bir bola uchun 100 mln von ($72,3 ming) bonus taklif qilmoqda. Kompaniya shu yoʻl bilan mamlakatda tugʻilish darajasini oshirishga xissa qoʻshmoqchi.
-
Evropa Ittifoqi Kiev kutayotgan Rossiya aktivlaridan olingan 5 mlrd evrolik daromadni saqlab qolishga qaror qildi. Ushbu mablagʻlar “yuridik xarajatlarni qoplash uchun” ushlab qolinadigan boʻldi.