-
U ming oydan yaxshiroq kechadir. Bu taxminan qamariy 83,3 yilga toʻgʻri keladi. Bu, shu muborak tunda qilingan ibodatlar shuncha yil davomida bajarilgan ibodat savobidan afzal, deganidir. Faraz qilaylik, bu muborak kechani bir marta topgan kishi shuncha yillik ibodatdan koʻra afzal savobga erishsa, uni bir necha marta topgan odam qanchalar ajrga erishar ekan-a?
-
Moskva musulmonlari diniy boshqarmasi Ramazon hayiti namozi onlayn oʻqilishi haqidagi xabarlarni rad etib, odatdagidek masjidlarda ado etilishini maʻʻlum qildi. Moskva hukumati bu yilgi Ramazon hayiti tadbirlarida 400 ming kishining ishtirok etishini kutmoqda.
-
Evropa sudi Londonning noqonuniy muhojir va qochqinlarni oʻz mamlakatiga chiqarib yuborish rejasiga cheklov kiritsa, Britaniya Evropa Inson huquqlari kengashi tarkibidan chiqishini maʻʻlum qildi.
-
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 182 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
-
"Rossiya xalq drujinasi" millatchi tashkiloti faollari Novosibirskdagi dorixonalardan birining sotuvchisidan roʻmolini echishni talab qilmoqda. Millatchilarning fikricha, roʻmol radikal islom bilan bogʻliq boʻlib, pravoslav nasroniylarning diniy tuygʻularini kamsitadi va millatlararo adovatni qoʻzgʻatadi.
-
Imom Buxoriyning «Birrul volidayn» (Ota-onaga yaxshilik qilish) asari ilk bor arab tilidan oʻzbek tiliga tarjima qilindi. Kitobda farzand tarbiyasi, amallarning afzali – ota-onaga yaxshilik qilib, hurmat koʻrsatish, ularning duolarini olish, ota-onaning farzandi haqqiga qilgan duosi mustajob boʻlishi va silai rahm fazilati, qarindoshlarga yaxshilik qilish kabi mavzulardagi 76 ta hadis jamlangan.
-
Tojikistonlik 23 yoshli yigit harbiy xizmatdan boʻyin tovlagani uchun Rossiya fuqaroligidan mahrum etildi. Uning pasporti musodara qilingan va tez orada mamlakatdan chiqarib yuboriladi.
-
HAMAS rasmiy vakili Gʻazoda oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha muzokaralar boshi berk koʻchaga kirib qolgani, Falastin guruhi moslashuvchanlik koʻrsatayotganiga qaramasdan, Isroil bosh vaziri Benʻyamin Netanyaxu ikki tomonning kelishuvga erishishiga toʻsiqlar yaratayotganini maʻʻlum qildi.
-
FSB Moskva, Ekaterinburg va Omsk shaharlarida “Krokus Siti Xoll”da sodir etilgan qoʻporuvchilik harakatida jangarilarni moliyalash va yollashda gumon qilingan ikki nafar markaziy osiyolik va bir Rossiya fuqarosini qoʻlga oldi.
-
Shvetsiyada Qurʻʻoni karimni yoqqan Salvan Momikaning Norvegiyada oʻlmagani va unga boshpana berilmasdan, qaytadan Shvetsiyaga deport qilinishi maʻʻlum boʻldi.