13.05.2025 15:16
41

Oʻzbekistonga deportatsiya qilingan fuqarolarga vaqtincha xorijga chiqish pasporti berilmaydi

2025 yil 13 may kuni Vazirlar Mahkamasining 313-sonli qarori bilan "Mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi hujjat qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2025 yil 1 sentyabrdan boshlab Oʻzbekistonning xalqaro shartnomalarga muvofiq readmissiya qilingan fuqarolariga ikki yil davomida xorijga chiqish biometrik pasportini berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatilmaydi.

Readmissiya — bu xalqaro kelishuvlar asosida chet davlatlardan Oʻzbekistonga majburiy qaytarilgan fuqarolarni qabul qilish jarayonidir. Bu holat, odatda, vizasi tugagan, qonunni buzgan yoki noqonuniy yashagan fuqarolarga nisbatan qoʻllaniladi.

Yangi qarorga muvofiq, quyidagi maъlumotlar Migratsiya jarayonlariga oid maъlumotlarning yagona elektron bazasi orqali yuritiladi:

Tashqi ishlar vazirligi orqali xorijdagi diplomatik vakolatxonalardan kelib tushgan maъlumotlar;

Ichki ishlar vazirligi tomonidan readmissiya qilingan shaxslar haqidagi maъlumotlar;

Migratsiya agentligi va uning xorijdagi vakillari tomonidan taqdim etilgan maъlumotlar.

Shuningdek, readmissiya qilingan fuqarolarga xorijga chiqish pasportini berishda istisno holatlar Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanishi koʻzda tutilgan.

Bu cheklov Oʻzbekiston prezidentining PQ-4079-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Fuqarolarning xorijga chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ga asosan amalga oshiriladi.

Mavzuga aloqador