13.05.2025 07:27
42
Haj sababli Dogʻistondan Toshkentga parvozlar kechikishi mumkin
Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 2025 yilgi Haj mavsumi boshlanishi va yoʻlovchilar oqimi koʻpayishi sababli may oyi davomida Dogʻiston poytaxti Maxachqalъadan Toshkentga reyslar kechikishi mumkinligini maъlum qildi.
May oyi davomida Dogʻiston poytaxti Maxachqalъa shahridan Toshkentga parvozlar kechikishi mumkin. Bu haqda Uzbekistan Airways matbuot xizmati xabar qildi.
Aviakompaniyaga koʻra, bu 1 maydan 31 maygacha boʻlgan Maxachqalъa — Toshkent reyslariga tegishli. Bu «Haj-2025» dasturining amalga oshirilishi va Maxachqalъa xalqaro aeroportida yoʻlovchilar oqimining koʻpayishi bilan bogʻliq, deya tushuntirdi Uzbekistan Airways.
«Aeroportga etib kelishni oldindan rejalashtirishni va parvozdan oldingi nazoratdan oʻtishda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan kechikishlarni inobatga olishingizni soʻraymiz», — deyiladi xabarda.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda 2025 yilgi Haj mavsumi 13 maydan boshlanadi. Ziyoratchilar uchun Toshkent, Buxoro, Namangan, Samarqand, Qarshi, Termiz, Urganch, Navoiy va Nukus shaharlaridagi aeroportlar orqali Madina shahriga toʻgʻridan-toʻgʻri parvozlar tashkil etiladi.