Gʻarbdagi demokratiya inqirozi: har 2 kishidan 1 nafari norozi
Garchi Evropa Ittifoqi Sharqiy Evropadagi aʻʻzo davlatlar yoki Turkiya kabi aʻʻzolikka ariza bergan davlatlarga tez-tez demokratiya haqida ogohlantirishlar bersa-da, Evropa Ittifoqi institutlarining oʻzi “demokratik defitsit” muammosidan aziyat chekmoqda.
Parij istiqbol tadqiqotlari markazi (PARC) direktori Dr.
Nevzet Chelik anketa maʻʻlumotlaridan foydalanib, Gʻarbda demokratiyaga ishonchning
zaiflashgani haqida yozdi.
***
Oʻtgan oy Institut Public de Sondage d'Opinion Secteur
(Ipsos) tomonidan chop etilgan va Angliya, Frantsiya, Italiya, Shvetsiya, Polsha,
Xorvatiya va Amerika Qoʻshma Shtatlarida (AQSh) oʻtkazilgan "Demokratiya
holati" soʻrovi shuni koʻrsatadiki, Gʻarb jamiyatlarida demokratiyaga norozilik
har qachongidan ham ortganini koʻrsatdi[1]. Soʻrovda qatnashgan barcha
mamlakatlardagi odamlarning qariyb yarmi oʻz mamlakatlaridagi ovoz berish,
hokimiyat taqsimoti, siyosat funktsionalligi va daromadlarni taqsimlash kabi
masalalarda demokratiyaning ishlamasligidan norozi.
Soʻrovnomalar nima deydi?
Ishtirokchilarning fikricha, oxirgi 5 yil ichida bu
mamlakatlarda demokratiya faoliyati asta-sekin yomonlashgan. Xususan, AQSh va
Frantsiyada har 10 kishidan 7 nafari soʻnggi yillarda demokratiya yomonlashganini
aytadi. Misol uchun, soʻnggi 5 yil ichida demokratiya yomonlashdi, deb hisoblaydigan
frantsuzlar ulushi rekord darajada yuqori – 73 foiz. Soʻrovning yana bir diqqatga
sazovor tomoni shundaki, barcha mamlakatlarda odamlar hozirgi siyosiy tizimni
yaxshilash uchun tub oʻzgarishlar zarur, deb hisoblaydilar.
Xuddi shu soʻrovnomada “Mamlakatingizda demokratiya faoliyatidan
qanchalik qoniqasiz?” degan savolga berilgan javoblarda; Britaniyaliklarning
atigi 28 foizi, italiyaliklarning 24 foizi va frantsuzlarning 29 foizi vaziyatdan
qoniqish hosil qilgan.
Bundan tashqari, soʻrovda qatnashgan barcha Gʻarb mamlakatlarida
odamlar iqtisodiyot va moliyaviy tizim boy va kuchlilar uchun soxtalashtirilgan, deb
hisoblashadi. Bu koʻrsatkich Italiyada 72 foiz, Buyuk Britaniyada 71 foiz, Frantsiyada
69 foiz, AQShda 67 foizni tashkil etadi. Yaʻʻni odamlar oʻz davlatlaridagi hukumat
va davlat rahbarlari boy va qudratlilarning manfaatlarini koʻproq eʻʻtiborga
olishadi, deb hisoblaydilar.
“Evropaliklar va ularning qadriyatlari: individualizm va
individuallashuv oʻrtasida” nomli tadqiqotda evropaliklarning faqat uchdan bir
qismi oʻz mamlakatlari demokratik tarzda boshqariladi, deb hisoblaydi va faqat 20
foizi siyosiy tizim faoliyatidan qoniqish hosil qiladi[2]. King's College London
Politika Instituti tomonidan olib borilgan yana bir tadqiqot shuni koʻrsatadiki,
Birlashgan Qirollikdagi odamlarning katta qismi mamlakatdagi siyosat ularning
manfaatlariga xizmat qilmaydi, deb oʻylaydi[3]. Mamlakat siyosiy tizimdan qoniqish
darajasi boʻyicha xalqaro reytinglarda past oʻrinlarda turadi. Buyuk Britaniya
aholisining atigi 17 foizi mamlakatning siyosiy tizimidan "oʻta mamnun
ekanini" aytdi. Hukumat oʻrniga ekspertlar tomonidan siyosiy qarorlar qabul
qilish gʻoyasi ham rekord darajada qoʻllab-quvvatlanadi. Tadqiqot shuni koʻrsatadiki,
mamlakatda yashovchi odamlar demokratiyani nazariy jihatdan yaxshi tizim deb
bilishadi, ammo aksariyati Buyuk Britaniyada demokratiyaning yuqori darajasiga
ishonmaydi.
Yana 2023 yilda Fridrix Ebert jamgʻarmasi (FES) tomonidan
Germaniyada demokratiyadan qoniqish boʻyicha oʻtkazilgan soʻrovda "Germaniyadagi
demokratiya faoliyatidan qanchalik qoniqasiz?" degan savol bilan nemislarning
34 foizi norozi, 17,2 foizi esa umuman qoniqmagani maʻʻlum boʻldi. Garchi
nemislarning yarmidan koʻpi hozirgi demokratik faoliyatdan norozi ekanliklarini
bildirgan boʻlsa-da, DW [4] (Doych Velle teleradiokompaniyasi) “stakanning toʻla
qismiga eʻʻtibor qatargan holda” bu xabarni oʻz oʻquvchilariga “Germaniya: soʻrov
natijalariga koʻra, demokratiyaga ishonch hali ham yuqori darajada boʻlmoqda"
shaklida taqdim qildi.
Xuddi shu tadqiqotda
"Institutlarga ishonch" savoliga koʻra, federal hukumatga ishonch 42,6
foiz, Evropa komissiyasiga ishonch esa atigi 31,5 foiz darajasida qolgan.
Körber jamgʻarmasi [5] soʻroviga koʻra, Germaniyada demokratiyaga
ishonch tez surʻʻatlarda pasaymoqda. Fuqarolarning siyosiy partiyalarga ishonchi 2020
yilda 29 foizni tashkil etgan boʻlsa, 2021 yilda bu koʻrsatkich 20 foizga kamaydi.
Bundan tashqari, respondentlarning 71 foizi etakchilar va ommaviy axborot
vositalari jamiyat haqiqatidan tashqarida yashaydi, deb hisoblaydi.
Boshqaruvga saylovsiz kelgan siyosatchilar
Frantsiyada ham vaziyat boshqacha emas. Masalan, prezident
tomonidan tayinlangan bosh vazirlar 1993 yildan beri Milliy Assambleyada ovozga
qoʻyiladi va keyin oʻz lavozimiga kirishadi. Biroq Emmanuel Makron 2022 yilgi
prezidentlik saylovlarida parlamentda koʻpchilik oʻringa ega boʻla olmagani bois,
Elizabet Borne (2022-2024) va Gabriel Attalni parlament ovoziga qoʻymasdan, bosh
vazir etib tayinladi. Aslida, tayinlanganidan koʻp oʻtmay, Attal oʻzining sobiq
sevgilisi Stefan Sejourneni Evropa va tashqi ishlar vaziri etib tayinladi.
Anʻʻanaga koʻra, konstitutsiyaning prezidentga taqdim etgan 49
prim 3 moddasi munozaralar boshi berk koʻchaga tushib qolgan yoki birinchi navbatda
favqulodda vaziyat yuzaga kelgan hollarda qoʻllaniladi. Biroq Makron, ayniqsa,
2022 yilda parlamentdagi koʻpchilikni qoʻlga kirita olmagani uchun Bosh vazirlarni
tayinlashda, shuningdek, bir qator qonun loyihalarini qabul qilishda ham Frantsiya
Konstitutsiyasining 49 prim3 moddasidan qayta-qayta foydalangan [6]. Bu amaliyot
boshqa deputatlar tomonidan tez-tez tanqid qilinadi va hukumatdan demokratik [7]
tamoyillarga rioya etish talab qilinadi.
Evropada milliy darajadagi demokratiyaning moʻrtligi uzoq
vaqtdan beri Evropa Ittifoqining (EI) byurokratik tuzilishi va siyosati orqali
tanqid qilinadi. Garchi Evropa Ittifoqi Sharqiy Evropadagi aʻʻzo davlatlar yoki
Turkiya kabi aʻʻzolikka ariza bergan davlatlarga tez-tez demokratiya haqida
ogohlantirishlar bersa-da, Evropa Ittifoqi institutlarining oʻzi “demokratik
defitsit” muammosidan aziyat chekmoqda. Evropa Parlamenti saylangan vakillardan
iborat boʻlsa-da, Evropa Ittifoqining eng muhim ijro etuvchi organi boʻlgan Evropa
Komissiyasi qonunlar, byudjetlar va qoidalarni taklif qiladi va amalga oshiradi.
Biroq komissiyaga tayinlangan rais boshchilik qiladi. Bu demokratik mamlakatlarda
hokimiyatni odatda saylangan parlament yoki xalq tomonidan saylangan prezident
amalga oshirishi kerak degan tushunchaga ziddir. Evropa Ittifoqida hokimiyat
tayinlangan rahbar va komissiyaning boshqa tayinlangan byurokratlari va
texnokratlarida toʻplangan. Rais parlament tomonidan tasdiqlansa-da, amalda
komissiya raisi odatda aʻʻzo davlatlar oʻrtasidagi yopiq eshiklar ortidagi
kelishuvlarda belgilanadi. [8] Bu holat demokratiyaning asosiy koʻrsatkichi boʻlgan
ovoz berish jarayoniga ham taʻʻsir qiladi. Ittifoqqa ishonchi zaif boʻlgani sabab
Evropa Ittifoqi fuqarolarining atigi 50,66 foizi 2019 yilgi Evropa Ittifoqi
saylovlarida qatnashdi.
Oʻta oʻngchilarning yuksalishi
Evropa Ittifoqi oʻtmishda boshqa mamlakatlarni inson huquqlarini
poymol qilganlikda tanqid qilgan boʻlsa-da, hozirgi paytda Yunonistonning
muhojirlarga qarshi devor qurish saʻʻy-harakatlarini qoʻllab-quvvatlash va Marokashga
bosim oʻtkazish orqali Oʻrta er dengizida minglab muhojirlarning oʻlimiga koʻz
yumishda davom etmoqda. Bu jarayonda Evropa Ittifoqi Frontex chegarani himoya qilish
agentligini tashkil etib, demokratik qadriyatlariga zid ish qilgani uchun tanqid
qilinmoqda.
Evropada demokratiya va tinchlik uchun eng katta tahdid
irqchilikning kuchayishi va oʻtmishdagidek rasisizm va fashistik siyosiy
harakatlarning kuchayishidir. Oʻta oʻng partiyalar Frantsiyada tarixiy yuksalishni
boshdan kechirayotgan boʻlsalar-da, ular Italiyadagi va kutilmaganda hatto
Niderlandiya kabi liberal demokratik mamlakatlardagi saylovlarda ham gʻalaba
qozonishdi. Germaniyada baʻʻzi siyosatchilar oʻta oʻngchi AfD partiyasining demokratiya
uchun eng katta tahdid sifatida kuchayib borayotganini xavotir bilan kuzatmoqda
[9].
Natijada, Evropa demokratiyasi Ikkinchi jahon urushidan keyin
shakllangan gumanistik, liberar va demokratik qadriyatlardan asta-sekin
uzoqlashmoqda. Evropada demokratiyaga boʻlgan ishonch nazariy darajada qolsa-da,
amalda u juda zaiflashayotgani koʻrinmoqda. Evropa jamoatchiligining mutlaq
koʻpchiligi oʻz mamlakatlarida demokratiyaning susayishidan norozi, bu esa
soʻrovlarda yaqqol koʻrinib turibdi. Frantsiyada boʻlgani kabi, "Kim kelsa ham,
hech narsa oʻzgarmaydi!" degan kayfiyatdagi odamlar ovoz bermaslikka moyil
boʻlishi, katta demokratik inqirozga yoʻl ochmoqda.
Koʻproq ish tashlashlar va namoyishlar oʻtkazib, oʻz huquqlarini
siyosiy elitizm, maʻʻmurlar va byurokratiyadan himoya qilmoqchi boʻlgan odamlar
demokratiya asoslarini shubha ostiga qoʻymoqda. Bundan tashqari, Evropada oʻta oʻng
harakatlarning kuchayishi Evropa tarixidagi fashistik davrlarga qaytish haqidagi
xavotirlarni kuchaytiradi. Tugʻilishning kamayishi Italiya, Ispaniya va Frantsiya kabi
mamlakatlarni xavotirga solayotgan boʻlsa-da, immigratsiya siyosatidagi qatʻʻiylik va
millatchilik Evropa qadriyatlariga zid keladi.
EIning qarorlar qabul qilish jarayonida byurokratik va
texnokratik funktsionalligi demokratik qadriyatlarga mos kelmaydi va aʻʻzo
mamlakatlardagi odamlarning ishonchiga putur etkazadi. Evropa oʻzining demokratik
qadriyatlarini oʻzlashtirishi, odamlarning ovoz berish tendentsiyalarini oshirishi va
muhojirlarga nisbatan oʻzining gumanistik qadriyatlariga qaytishi kerak. Sogʻliqni
saqlash sohasida islohotlar olib borish, iqtisodiy qiyinchiliklar va turmush
sharoiti tufayli tugʻilish koʻrsatkichlarining tez pasayib ketishiga shoshilinch echim
topish lozim. U irqchilikka qarshi kurashda samaraliroq boʻlishi, rivojlanayotgan dunyo
bilan hamqadam boʻlishi va eski byurokratik tuzilmasini yangilashi kerak. Agar
Evropa davlatlari bu qadamlarni qoʻya olmasalar, jiddiy iqtisodiy inqirozga yuz
tutganlarida global raqobatchilarga nisbatan iqtisodiy, ijtimoiy va
institutsional jihatdan kuchsizlashib, yanada zaifroq holatda tushishi muqarrar.
[1]
https://www.ipsos.com/en/heading-biggest-election-year-ever-satisfaction-democracy-low
[2]
https://theconversation.com/are-europeans-really-democrats-211457
[3]
https://www.kcl.ac.uk/news/uk-satisfaction-with-politics-internationally-low-but-support-for-democracy-has-still-risen
[4]
https://www.dw.com/en/germany-trust-in-democracy-still-strong-survey-finds/a-65451290
[5]
https://bitfinance.news/en/confidence-in-democracy-is-rapidly-declining-in-germany/
[6]https://consents.prismamedia.com/?redirectHost=https%3A%2F%2Fwww.caminteresse.fr&redirectUri=%2fsociete%2farticle-493-combien-de-fois-a-t-il-ete-utilise-par-le-gouvernement-11188915%2f
[7]
https://twitter.com/LouisBoyard/status/1745154105322909844?s=20
[8]
https://chicagopolicyreview.org/2023/10/09/the-eus-democracy-challenge-and-opportunity/
[9]
https://www.dw.com/en/germany-afd-a-growing-threat-to-democracy-says-minister/a-67839373
Dr. Nevzet Chelik,
Parij istiqbol tadqiqotlari markazi (PARC) direktori