Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 333 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

▪️Bosqinchilar Jabaliyadagi bozor, Nuseyrat lageri va Mavasi hududidagi koʻchirilganlar joylashgan chodirlarga hujum qildi. Urush boshlanganidan buyon 40 786 kishi shahid boʻldi.

▪️Natsistlar YuNRVAning Jabaliya lageridagi koʻchirilganlar uchun maktabi yonida non uchun navbatda turgan odamlarga qarata oʻq uzdi. 8 kishi shahid boʻldi.

▪️Gʻazoda 160 ming nafar bola poliemilitga qarshi emlandi. Emlash ishlari JSST, YuNISEF va YuNRVA hamkorligida amalga oshirildi.

▪️Gʻarbiy Sohilda bosqinchilar Jenin lagerini 7-kundirki qamalda ushlab turibdi. Al-Xalilga boradigan yoʻllar toʻsib qoʻyilgan, Tulkarm, Nablus va Qalqilya ham hujum ostida.

▪️Tulkarmda shiddatli janglar ketmoqda, u butunlay qamalda, kasalxonalarga olib boruvchi yoʻllar toʻsilgan, bosqinchilar bir bolani oʻldirgan. 7 kun ichida shahidlar soni 30 kishiga etdi.

▪️Husiylar Qizil dengizda ikkita neftʻ kemasiga hujum qilishdi. Bir kema Panama bayrogʻini koʻtargan, ikkinchisi - KSA.

▪️Suriyadagi AQSh harbiy bazasi kuchli raketa zarbalariga uchradi.

▪️Al-Jazeera: HAMAS Gʻazo shimolida oʻz kuchlarini tiklab, 3000 nafar yangi jangchini jalb qildi.

▪️Turkiyaning Izmir shahrida yoshlar Amerikaning USS Wasp aviatashuvchi kemasining 2 askarini Falastin xalqiga qarshi genotsidda ayblab, kaltakladi va birining boshiga qop kiydirdi. 15 kishi hibsga olingan.

▪️Isroil razvedka xizmati Quddus va Falastinning sobiq muftiysi, Al-Aqso masjidi imomi Shayx Ikrima Sabriyni guvohlik berish uchun chaqirtirdi. Politsiya uning bosib olingan Sharqiy Quddusdagi uyiga bostirib kirgan va tintuv oʻtkazgan.

Mavzuga aloqador